Magistratura bo‘limi 2012 yilda tashkil topgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun yetuk magistr mutaxassislar yetkazib beradi. Bugungi kunda institut magistratura bo‘limining 1-bosqichida davlat granti asosida – 7 nafar, 2-bosqichda davlat granti asosida – 57 nafari grant asosida, qolgani shartnoma asosida tahsil olmoqda. 17 nafar turli darajadagi (B2, C1) til sertifikatini olishga erishdilar. Birinchi bosqichga kirgan magistrantlrimizning 7 nafari CEFR B2 darajadagi sertifikatga ega
Bizning Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Magistratura bo‘limi qishloq xo‘jaligining deyarli barcha sohalariga tegishli mutaxassislar tayyorlaganligi sababli magistrantlarimiz qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida katta yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘z navbatida qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan xalqaro va milliy-ilmiy anjumanlarda o‘z ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda, jumladan joriy 2024-yil 24-25-may kunlari institutimizda “Global iqlim o’zgarishi sharoitida qishloq xo’jaligini innovatsion texnologiyalar asosida barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanda Magistrantlar o’z maqolalari bilan ishtirok etdilar.
Hozirda iqtidorli talabalarimizdan «Qishloq va suv xo’jaligida energiya taminoti» yo’nalishi 1- bosqich magistiranti Azimov Arabboy Muftoxiddin o’g’li:
2024-yil O‘zbekiston Respublikasini Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “InnoX” biznes-inkubator dasturida “Micro GES” loyihasi bilan qatnashib faxrli 1-o’rinni egallagan.
Uning 30 dan ortiq ilmiy maqolalari Xalqaro va Respublika jurnallarida chop etilgan. Xalqaro va Respublika konfirensiyalari va seminarlarda ishtirok etib 60 dan ortiq diplom va sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
Adilya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan 1ta patentga mualliflik guvohnomasini qo‘lga kiritgan.
Erishilgan yutuqlarini inobatga olib, Azimov Arabboy Mubtoxidin o‘g‘lini fan yo‘nalishi bo‘yicha “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofotiga tavsiya etilgan.