O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi 1964-yilda Agronomiya fakulteti tarkibida “Paxtachilik” nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, shu kungacha ushbu kafedraga Yu.Z.Qodirov (1967-1976 yy.), A.Alibekov (1976-1980 yy.), M.Mannopova (1980-1990 yy.), O.Mirzayev (1990-2004 yy.), O.Yoqubjonov (2004-2008 yy.), Z.Bo‘stonov (2008-2012 yy.), J.To‘ychiyev (2012-2013 yy.), I.Ro‘ziyev (2013-2015 yy.), X.Tursunov (2015-2016 yy.), Z.Jumaboyev (2016-2018 yy.), X.Tursunov (2018-2020 yy.), Z.Jumaboyev (2020-2023 yy.) A.Uljaboyev (2023 -h.v.) mudirlik qilishgan.
O‘tgan vaqt davomida “Paxtachilik” kafedrasidan birin-ketin “O‘simlikshunoslik”, “Agrokimyo va tuproqshunoslik”, “Umumiy dehqonchilik”, “Botanika” kabi kafedralar mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqqan. Kafedraning nomi esa o‘zgarmay qolgan. Kafedrada uzoq yillar davomida dotsentlar S.Qodirov, M.To‘xsinov, R.Akbayev, T.Jalolov O.Mirzaevlar faoliyat ko‘rsatgan.
2005-2012 yillarda Paxtachilik va O‘simlikshunoslik kafedrasi birlashib “O‘simlikshunoslik” nomi bilan atala boshlandi va ushbu kafedrada dotsentlar Yu.Z.Qodirov, A.A.Kan, L.P.Trushkina, O.F.Mirzayev, q.x.f.n. Z.Jumaboyev, Z.Bo‘stonov, J.To‘ychiyev va assistentlar E.Asranov., O.Qodirov., K.Xamdamov, I.Iminov, I.Jo‘rayevlar faoliyat olib borganlar. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi “Toshkent davlat agrar unievrsiteti va uning filiallari hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash haqida”gi 135-sonli buyruqga asosan O‘simlikshunoslik kafedrasi negizida O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar” kafedrasi tashkil etildi.
Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan fan doktori va professorlar 4 nafar, dotsentlar 6 nafar, q.x.f.f.d., katta o‘qituvchilar 2 nafar, q.x.f.f.d., assistent 1 nafar, ilmiy darajaga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchilar 3 nafar, assistentlar 4 nafarni tashkil etadi.
So‘nggi uch yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini bir nafar M.S.Atabayeva, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini uch nafar A.M.Tagayev, I.Q.Nosirov va F.M.Ataxajiyevalar muvaffaqiyatli yoqladilar. Natijada bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 61,1 foizni tashkil qiladi.