Kafedra 1964-yilda Andijon qishloq xo‘jalik instituti tarkibida Agronomiya fakulteti tashkil etilgan va shu fakultet qoshida 1979-yil «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi, 2004-yili 2-sentyabrda institut rektorining №260-L asosan yangi kafedra o‘z salohiyatiga ega bo‘lgan ikki katta kafedralar negizida «Agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi tashkil topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligining 2012-yil 3-dekabrdagi 183-sonli buyrug‘iga asosan «Agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi “O‘simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi deb nomlandi.
2018/2019-o‘quv yilidan “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.
2023/2024 o‘quv yilidan “O‘simliklar karantini va himoyasi” kafedrasi tashkil etildi.
“O‘simliklar karantini va himoyasi” kafedrasi mutaxassislik kafedrasi bo‘lib, ta’lim jarayoni bosqichlari bakalavriat: kunduzgi va sirtqi “O‘simliklar karantini va himoyasi”, “Biotexnologiya (tarmoklar bo‘yicha)” magistratura: “O‘simliklar himoyasi, “O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini”, “O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat”, “Meva sabzavotchilikda biotexnologiya” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar chiqaradi.
Kafedrada asosan fundamental va amaliy fanlar o‘qitiladi. Joriy o‘quv yilida kafedrada jami 30 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bordi. Jumladan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar 11 nafar bo‘lib, kafedra ilmiy salohiyati 36,7 % ni tashkil etdi.
O‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasi
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI KAFEDRA MUDIRI

- F.I.SH. Raxmonova Madina Kimsanboevna
- Tel nomer: +998 (91) 608-76-21
- E-mail: madinaraxmonova@gmail.com
- Qabul kunlari: Dushanba, Juma 14:00-16:00
O‘quv ishlar yutuqlari: 2023/2024-o‘quv yili davomida kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yili davomida 40 ga yaqin xalqaro jurnallarda maqolalar, 60 ga yaqin respublika jurnallarida maqolalar, 70 dan ortiq tezis, 3 ta monografiya, 6 ta tavsiya chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqini beruvchi 4 ta guvohnoma olingan.
Ilmiy ishlar yutuqlari: O‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasi assistenti “Farg‘ona vodiysi sharoitida gilosning asosiy zararkunandalarini o‘rganish va ular sonini boshqarishning ilmiy asoslari” mavzusida 06.01.09-“O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajaga ega bo‘ldi. Kafedra dotsenti S.A.Mirzayeva, 06.01.09-“O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosligi bo‘yicha professor unvonini oldi.
Ma’naviy ishlar: Kafedrada 2023-2024 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari tuzilgan va ularning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Institutning ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan reja hamda O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Axborot soati” materiallari asosida kafedrada har chorshanba kuni “Axborot soati”, har payshanba kuni “Murabbiylik soati” mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
To‘garaklar: Kafedrada “Bioolam” ilmiy to‘garagi faoliyat olib bormoqda.
O‘simliklarlar karantini va himoyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari
№ |
F.I.O. |
Lavozimi |
Ilmiy unvoni, darajasi |
1 |
Rahmonova Madinaxon Kimsanboyevna |
Kafedra mudiri, dotsent |
q.x.f.f.d |
2 |
Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna |
dotsent |
q.x.f.n |
3 |
Aliyev SHovvoz Karimovich |
dotsent |
q.x.f.n |
4 |
Isasheva Umidaxon Anvarjanovna |
dotsent |
q.x.f.f.d |
5 |
Abdullayeva Xuriyat Zafarbekovna |
dotsent |
q.x.f.n |
6 |
Usmonov Sanjarbek Paxlovonovich |
dotsent |
q.x.f.f.d |
7 |
Raximov Mansurjon Mavlonjonovich |
dotsent |
q.x.f.f.d |
8 |
Turdiyeva Dilfuza Tirkashboyevna |
dotsent |
q.x.f.f.d |
9 |
Musayeva Gulbaxor Maksudovna |
dotsent |
q.x.f.f.d |
10 |
Raximova Azizaxon Abduxalimdjanovna |
Katta o‘qituvchi |
q.x.f.f.d |
11 |
Siddiqova Nodira Komildjanovna |
Katta o‘qituvchi |
|
12 |
Aznabakiyeva Dilrabo Tursunbaevna |
Katta o‘qituvchi |
|
13 |
Qambarova Muxtasarxon Xakimjanovna |
Katta o‘qituvchi |
|
14 |
Rasulov Ulug‘bek SHariboyevich |
Katta o‘qituvchi |
|
15 |
Xolmirzayeva Zulfizar Boxodirjon qizi |
Katta o‘qituvchi |
q.x.f.f.d |
16 |
Rasulova Marxabo Burxonovna |
assistent |
|
17 |
Ergasheva Xusnidaxon Ibrohimovna |
assistent |
|
18 |
Turdiyeva Gulbaxor Abduvaxidovna |
assistent |
|
19 |
Pattayev Akmaljon Abdusatorovich |
assistent |
|
20 |
Mirzaitova Muqqadamxon Komildjanovna |
assistent |
|
21 |
Davlatova Feruza Anvarovna |
assistent |
|
22 |
Karimov Otabek Kamaldinovich |
assistent |
|
23 |
Tolibjonov Oxunjon Odiljon o‘g‘li |
assistent |
|
24 |
Abduraxmonov Diyorjon Muhammadali o‘g‘li |
O‘qituvchi stajyor |
|
25 |
Kuziboyeva Sevara Dilshadbekovna |
O‘qituvchi stajyor |
|
26 |
Abdullayev Baxodir Olimjon o‘g‘li |
O‘qituvchi stajyor |
|
27 |
SHokirova Xurshida SHavkatjon qizi |
O‘qituvchi stajyor |
|
28 |
Rahimova Madina Rustamjanovna |
O‘qituvchi stajyor |
|
29 |
Turdiyeva Muribatxon Mashrabovna |
O‘qituvchi stajyor |
|
30 |
Mirzaumarov Mirzabaxrom Mirzatursun o‘g‘li |
O‘qituvchi stajyor |
Fanlar:
Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi
Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya
O‘simliklar immuniteti
Umumiy entomologiya va zoologiya
Agrobiotexnologiya
O‘simliklarni himoya qilish
Mikologiya
Fitopatologiya
Manzarali o‘simliklar biotexnologiyasi
Karantin begona o‘tlar va ularga qarshi kurash
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish
O‘simliklar va mahsulotlar karantinida fitoekspertiza
O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish
Dorivor o‘simliklarni biologik himoya qilish
Qishloq xo‘jalik entomologiyasi
Issiqxona ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish
O‘simliklar biologik himoya nazariyasi va vositalari
O‘simliklarni himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari
O‘simliklarni himoya qilish tizimlari
Issiqxona ekinlarini himoya qilishning ekologik xavfsiz usullari
Fitosanitar monitoring va diagnostika qilish usullari
O‘simlik zararkunanda va begona o‘tlar rivojlanishini bashorat qilish.