O’simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi

O’SIMLIKSHUNOSLIK, SOYA VA MOYLI EKINLAR KAFEDRA MUDIRI

A.O'ljaboyev
  • F I O O'ljaboyev Alijon Alijonovich
  • Tel nomer +(998) 33-381-07-00
  • E-mail alijon5256868@gmail.com
  • Qabul kunlari Payshanba, juma 14:00-16:00

O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi 1964-yilda Agronomiya fakulteti tarkibida “Paxtachilik” nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, shu kungacha ushbu kafedraga Yu.Z.Qodirov (1967-1976 yy.), A.Alibekov (1976-1980 yy.), M.Mannopova (1980-1990 yy.), O.Mirzayev (1990-2004 yy.), O.Yoqubjonov (2004-2008 yy.), Z.Bo‘stonov (2008-2012 yy.), J.To‘ychiyev (2012-2013 yy.), I.Ro‘ziyev (2013-2015 yy.), X.Tursunov (2015-2016 yy.), Z.Jumaboyev (2016-2018 yy.), X.Tursunov (2018-2020 yy.), Z.Jumaboyev (2020-2023 yy.) A.Uljaboyev (2023 -h.v.) mudirlik qilishgan.

O‘tgan vaqt davomida “Paxtachilik” kafedrasidan birin-ketin “O‘simlikshunoslik”, “Agrokimyo va tuproqshunoslik”, “Umumiy dehqonchilik”, “Botanika” kabi kafedralar mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqqan. Kafedraning nomi esa o‘zgarmay qolgan. Kafedrada uzoq yillar davomida dotsentlar S.Qodirov, M.To‘xsinov, R.Akbayev, T.Jalolov O.Mirzaevlar faoliyat ko‘rsatgan.

2005-2012 yillarda Paxtachilik va O‘simlikshunoslik kafedrasi birlashib “O‘simlikshunoslik” nomi bilan atala boshlandi va ushbu kafedrada dotsentlar Yu.Z.Qodirov, A.A.Kan, L.P.Trushkina, O.F.Mirzayev, q.x.f.n. Z.Jumaboyev, Z.Bo‘stonov, J.To‘ychiyev va assistentlar E.Asranov., O.Qodirov., K.Xamdamov, I.Iminov, I.Jo‘rayevlar faoliyat olib borganlar. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi “Toshkent davlat agrar unievrsiteti va uning filiallari hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash haqida”gi 135-sonli buyruqga asosan O‘simlikshunoslik kafedrasi negizida O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar” kafedrasi tashkil etildi.

Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan fan doktori va professorlar 4 nafar, dotsentlar 6 nafar, q.x.f.f.d., katta o‘qituvchilar 2 nafar, q.x.f.f.d., assistent 1 nafar, ilmiy darajaga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchilar 3 nafar, assistentlar 4 nafarni tashkil etadi.

So‘nggi uch yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini bir nafar M.S.Atabayeva, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini uch nafar A.M.Tagayev, I.Q.Nosirov va F.M.Ataxajiyevalar muvaffaqiyatli yoqladilar. Natijada bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 61,1 foizni tashkil qiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda “O‘simlikshunoslik va paxtachilik”, “Donli ekinlar yetishtirish texnologiyasi”, “Moyli ekinlar yetishtirishda innovatsion texnologiyalar”, “Organik dehqonchilik”, “Yem-xashak yetishtirish”, “Noan’anaviy ekinlar yetishtirish texnologiyasi” nomli darsliklar hamda “Organik dehqonchilik”, “Moyli ekinlar yetishtirishda innovatsion texnologiyalar”, “O‘simlikshunoslik va paxtachilik”, “Sholi yetishtirish texnologiyasi” “Paxtachilikda amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanmalar chop ettirishdi.

Bundan tashqari ilmiy ishlar bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilar bugungi kunda “Indorama Kokand Fertilizers” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarni turli xil me’yorlarini qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’sirini o‘rgnish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasining professor-o‘qituvchi va xodimlari ro‘yxati
T/R
Familiyasi va ismi
Lavozimi
1
Uljaboyev Alijon
Kafedra mudiri, q.x.f.d., dotsent
2
Jumaboyev Zuxriddin
q.x.f.d., professor
3
Atabayeva Ma’mura
q.x.f.d., dotsent
4
O‘razmatov Nazirjon
q.x.f.d., k.i.x.
5
Atajanov Murodjon
q.x.f.f.d., professor
6
Mannopova Ma’muraxon
q.x.f.n., dotsent
7
Tursunov Xayrullo
q.x.f.f.d., dotsent
8
Tursunov Ibroximjon
q.x.f.f.d., dotsent
9
Xoldarova Dilpuza
q.x.f.f.d., dotsent
10
Tagayev Abdullajon
q.x.f.f.d., katta o‘qituvchi
11
Nosirov Iqboljon
q.x.f.f.d., katta o‘qituvchi
12
Usmonov Ilyosbek
dotsent
13
Qodirov Odiljon
katta o‘qituvchi
14
Parpiyev G‘ulomjon
katta o‘qituvchi
15
Mamadaliyeva Saida
assistent
16
Ataxajiyeva Feruza
q.x.f.f.d., assistent
17
Axmadjonov Bozorboy
assistent
18
Pulatov Fozilxon
assistent
19
Teshaboyev Azizbek
assistent
20
Abduraxmonov Ubaydullo
q.x.f.n., dotsent
21
Raxmonova Feruza
kabinet mudiri
22
Qodirova Odinaxon
laborant
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga
1
O‘simlikshunoslikning biologik asoslari
2
Moyli ekinlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
3
Sholi biologiyasi
4
Sholi yetishtirish texnologiyasi
5
O‘simlikshunoslik
6
O‘simlikshunoslik va paxtachilik
7
Ozuqa yetishtirish va yaylovshunoslik
8
Yem-xashak yetishtirish
9
G‘o‘za biologiyasi
10
Noan’anaviy ekinlar yetishtirish texnologiyasi
11
Organik o‘simlikshunoslik
12
Soya biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Magistratura mutaxassisliklariga
1
O‘simlikshunoslikda ilmiy-tadqiqot uslublari va tadqiqot natijalarining statistik tahlili
2
Dala ekinlari urug‘shunosligining ilmiy asoslari
3
Dala ekinlari hosilini dasturlash
4
Noqulay iqlim sharoitida ekinlar yetishtirish
5
Dala ekinlari hosildoriligi va mahsulot sifatini yetishtirishning ilmiy asoslari
6
Donli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari
7
Donli ekinlar yetishtirishda innovatsion texnologiyalar
8
G‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni almashlab ekishning ilmiy asoslari
9
Sug‘oriladigan va la’lmi yerlarda bug‘doy yetishtirishning zamonaviy asoslari