🕔 2024/2025 oʻquv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga koʻra:
❌Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati yaratildi.
✅ Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni 15-oktyabrgacha toʻliq toʻlagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma belgilandi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli qaroriga koʻra,Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdori ikki barobarga yoki 50 foizga kamaytirildi.
🧑🎓 Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ham ushbu imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin!
Murojaat uchun telefonlar:
74-224-02-57
74-224-02-58