Institut doktorantlari va yosh olimlari uchun joriy yilning iyul-avgust oylarida “SuperMap” platformasida zamonaviy geoaxborot tizimlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda “Super Map” platformasining
⚡️GIS xizmatlari;
⚡️ komponentlari;
⚡️ mobil GIS platformalari;
⚡️ ma’lumotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va boshqarish vositalari o‘rgatildi.
Mazkur GIS platformasini to’liq dasturiy ta’minot to’plamini o’rganish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan yosh izlanuvchilarga mazkur kompaniyaning sertifikatlari va esdalik sovg’alari topshirildi.
Shu bilan birga ishtirokchilarga kompaniyaning dasturiy ta’minotidan bepul foydalanish uchun 3 oylik va 1 yillik litsenzion dasturlari taqdim etildi.
O‘quv kursini «SuperMap» kompaniyasini O’zbekistondagi yetakchi mutaxassisi, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti doktoranti, PhD Jasmina Gers olib bordi.







