Institut yangiliklari

Bir bolaga yetti mahalla ota-ona. Shunday ekan, har birimiz bir insonning ta’lim olib, unib-oʻsib, shaxs sifatida shakllanishiga mas’ulmiz. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori T.Sultanov ham oʻziga biriktirilgan Izboskan tumanidagi Qashqarlik MFYda istiqomat qiluvchi yoshlarning holidan xabar oldi. Ularga maktab uchun zaruriy ashyolar ulashib, boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganliklari bilan qiziqdi. Muammolari oʻrganilib, tegishli tartibda hal etildi. Sog’lom fikr bilan ulg’ayib, kelajakda oʻzi tanlagan sohasida yetuk kadr boʻlib yetishishlari uchun oʻzining qimmatli maslahatlarini ulashdi. Xonadon a’zolari mamnunlikda duoga qoʻl ochdilar.