Institut yangiliklari

Kitob-ilm va hikmat manbai. Insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisidir. Talaba-yoshlarning taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda institut Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi tomonidan «Taʼtil davrida 50 ta kitob oʻqiyman» loyihasi eʼlon qilindi.
Agrobiologiya fakulteti tyutori N. Imomova ham talabalarning xonadonlarida kitob mutolaasi targʻibotini ilgari surdi. Bitmas xazinaning inson hayotidagi ahamiyati xususida soʻz yuritilib, mashhur yozuvchilarning asarlari haqida fikr almashdilar. Eng yaxshi sovgʻa, kitoblar jamlanmasi ulashildi kitobsevarlarga.