Institut yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining birinchi, to‘rtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash nazarda tutilganligi, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” O‘RQ-901-son Qonuni 19-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilganligini inobatga olib, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borilganligi va targ‘ibot jarayonlari olib borildi.