Institut yangiliklari

Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi Eko park bugun yosh oʻgʻil-qizlar, aholi bilan gavjum. Ayni vaqtda eko bogʻning sport mashgʻulotlari uchun moslashgan maydonida musobaqalar oʻtkazilmoqda.
Avvalida soʻz olgan institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Abdusalom Maxsutaliyev bugungi bayram bilan barcha yoshlarga tabrik yoʻlladi. Uchinchi renessans paytida chinakamiga yoshlarning zamoni ekani va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarni mamnuniyat bilan eʼtirof qildi.
Sport musobaqalari start oldi. Sportning koʻplab yoʻnalishlarida yoshlar oʻzlarini sinab koʻrishmoqda.