Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Sultanov Tohirjon Zakirovichning 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan bayram tabrigi.

Assalomu alaykum aziz yoshlar, mamlakatimizning oltin fondlari. Andijon viloyatining barcha yoshlari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining qadrli talabalari, yosh izlanuvchi oʻqituvchilari barchangizga bayram muborak!
Bugun sizning kuningiz.
Yoshlarni mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-maʼrifiy hayotidagi ishtiroki muhim boʻlmoqda. Qaysi jabhaga boqmang davlat tomonidan ularning har bir tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Shu sababli ham ular orasida hali oʻttiz yoshga kirmasdan qator vazirlik hamda boshqarma boshliqlari lavozimlaridagi faoliyatlari tahsinga loyiq. Bizning faoliyatimiz bevosita yoshlar bilan bogʻliqligi uchun ish jarayonimizda juda koʻp harakatchan, iqtidor egalarini koʻramiz va ularga zarur sharoit yaratishga hamda qoʻllab-quvvatlashga hamisha tayyormiz. Yosh tadqiqotchilarimizning qator ilmiy darajalarga ega boʻlishi bizni quvontiradi. Shu qatorida bugun bizning jamoada ham yosh professor-oʻqituvchilarning safi kengaymoqda.
Aziz farzandlarimiz, oʻgʻil-qizlarimiz, tilagim hech qachon marrani qoʻldan boy bermang. Oʻqing, izlaning, ilm ortidan quving, kitob mutolaa qiling. Zero, kelajak bugundanoq sizlarniki. Yurt taqdiriga befarq boʻlmang, vatanimizni taraqqiy ettirishda sizning munosib oʻrningiz borligini unutmang. Biz birmiz, bir kuchmiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!

Sultanov Tohirjon Zakirovich
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, professor