Talaba-yoshlar oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Yer sharini chiqindilardan himoya qilish” mavzusida aksiya institutimiz boʻylab davom etmoqda.
Maqsad – fuqarolar ayniqsa, yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini yuksaltirish, ularning atrof-muhit musaffoligini taʼminlash borasidagi masʼuliyatini yanada oshirish, maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida yosh avlod ongiga tabiatni ozoda tutish va asrash kabi tushunchalarni singdirishdan iboratdir. Navbatdagi tadbir doirasida institut hududi va tashqi joylari axlat uyumlaridan tozalandi. Bu gal Ipakchilik va tutchilik fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari tashabbus koʻrsatishdi.