Iqtisodiyot va moliya vazirligi
05
Apr
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan. Qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish [...]
Referendum mavzusida yoshlar bilan uchrashuv
30
Mar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ushbu qonun joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq Referendumida ovozga qo‘yiladi. Ana shu muhim siyosiy tadbir arafasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari orasida ham referendum o‘tkazish tartibi, bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. Gumanitar fanlar kafedrasi [...]
Attestatsiya imtihonlari
28
Mar
Online Attestatsiya nazoratiga qo'shilish uchun Zoom: https://us06web.zoom.us/j/8603954956 Konferensiya ID: 860 395 4956
Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi
15
Mar
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, Qonun loyihasi “Xalq so‘zi” va «Народное слово» gazetalarining bugungi sonida ham e’lon qilindi. Konstitutsiya loyihasi
Institutimizda viloyat hokimi va yoshlar uchrashuvi
15
Mar
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov muloqot olib bormoqda. Maqsad bugungi islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yoshlar ongida shakllantirish, ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida talabalar fikrlarini o‘rganishga qaratildi. Darhaqiqat, mamlakatimizdagi islohotlar Inson qadri tamoyili asosida olib borilayotgani bugun hamyurtlarimiz hayotida butkul o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani ahamiyatli. Muloqotlarda ayni shu masalalar bo‘yicha yoshlarning munosabatlari [...]
Razzaqov Baxodirjon Abduraxmonovich
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
11
Mar
Razzaqov Baxodirjon Abduraxmonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida “Pushta olgich-o‘g‘itlagichning konstruksiyasini ishlab chiqish va uning asosiy parametrlarini asoslash” mavzusida Razzaqov Baxodirjon Abduraxmonovichning “Pushta olgich- o‘g‘itlagichning konstruksiyasini ishlab chiqish va uning asosiy parametrlarini asoslash” mavzusidagi 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa [...]
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
institutida 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni»
institutida 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni»
09
Mar
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining har bir fakulteti va kafedralari talaba qizlari va ayol xodimalarini bayram munosabati bilan qutlashdi. Agrobiologiya fakulteti talaba qizlari ham ushbu qutlovlardan xursand bo‘lishdi.
DIQQAT E’LON!
Bepul o’quv kurslari!
Bepul o’quv kurslari!
03
Mar
Andijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari shoshiling!!! Institutimizda talaba yoshlarning darslardan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun haftaning dushanba-juma kunlarida soat 16:00 dan 20:00 gacha Ingliz, Nemis, Rus tillari bo‘yicha, shuningdek Axborot texnologiyalari fanlaridan bepul o‘quv kurslari faoliyatini boshladi. Ushbu o‘quv kurslariga institutning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv auditoriyalarda olib boriladi. [...]
Zulfiyaxonim tavalludiga – «Zulfiyaxonim qizlari»
02
Mar
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bugun qator bahoriy tadbirlar o‘tkazildi. Ulardan biri nafosat va vafoda tengi yo‘q ayol, kitobxonlarning suyukli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir edi. Institut xotin-qizlar boshqaruv kengashi hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi talaba qizlar bilan birga mazkur tadbir mezmoni bo‘lishdi. Zukko, odobli qizlarimiz shoiraning hayoti va [...]
Talabalar o’rtasida voleybol bellashuvi
02
Mar
Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti 1-2- bosqich talabalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi. Dastlab talaba yigitlar o‘zaro bellashishdi. Qiziqarli tarzda o‘tgan o‘yinda 2:1 hisobida 2-bosqich talaba yigitlari ustun keldilar. Undab so‘ng esa talaba-qizlar o‘rtasida ham shiddatli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Yakunda 2:1 hisobida 1-bosqich talaba-qizlari ustun keldilar.